Bayram munosabati bilan Toshkent shahrida arzonlashtirilgan bozorlar tashkil qilindi

    Ijtimoiy hayot 25 Dekabr 2023 934

    Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahrining bir qancha bozorlari hududida arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil qilindi.

    Tashkil qilingan bozorlar roʻyxati bilan tanishing:

    Bektemir tumani — “Qoʻyliq dehqon bozori” AJ,

    “Toshkent qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ulgurji bozori” AJ

    Mirobod tumani — “Mirobod dehqon bozori” AJ

    Mirzo Ulugʻbek tumani — “Navroʻz dehqon bozori” AJ

    Sergeli tumani — “Sergeli dehqon bozori” AJ

    Olmazor tumani — “Qora Qamish dehqon bozori” AJ

    Uchtepa tumani — “Farhod dehqon bozori” AJ

    Shayxontohur tumani — “Eski Juva dehqon bozori” AJ

    Yashnobod tumani — “Aviasozlar dehqon bozori” AJ

    Yunusobod tumani — “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ

    Yakkasaroy tumani — “Askiya dehqon bozori” AJ

    Chilonzor tumani — “Chilonzor dehqon bozori”AJ

    Dam olish kunlari bozor hududida bayram arafasi madaniy dasturlarini tashkilllashtirish ham rejalashtirilgan.

    Dehqon bozorlari Yangi yilning 1-yanvar kuni ham ishlaydi.