Navroʻz azaldan odamlar koʻngliga ezgulik, yaxshilik, shodlik va quvonch olib kiruvchi bayram sifatida qadrlanadi. Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkalariga xarid uchun kelgan aholi ana shunday shodiyonalarga guvoh boʻladi.

Bayramoldi odamlar dasturxonlari toʻkinligini taʼminlash, ularga qulaylik yaratish maqsadida prokuratura departamenti va boshqa mutasaddi idoralar hamkorligida savdo yarmarkalari tashkil etilgan. Departamentning Buxoro shahar boʻlimi tomonidan narxlarning sunʼiy ravishda oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tegishli tarzda kunlik nazorat olib borilmoqda. Savdo yarmarkalarida aholiga 27 turdagi oziq –ovqat va qishloq xoʻjalik mahsulotlari tortiq etildi.

Elda Navroʻz shukuhi. Bahorning ilikuzdi kunlarida bozorlarning sarxil mevalaridan tortib, koʻklam taomlarigacha toʻkin boʻlishi va sifatli mahsulotlarni xaridorlarga yetkazilishida bu kabi savdo yarmarkalari elga beminnat xizmat koʻrsatadigan maskan sifatida ahamiyatlidir.