Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33-yilligi munosabati bilan Nishon tumanidagi harbiy qismda tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida Davlatimiz ramzi boʻlmish bayrogʻimiz xalqimiz mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanishi taʼkidlandi. Qadimda ozodlik uchun, vatan bayrogʻining hilpirashi uchun bosib oʻtilgan shonli yoʻllar haqida maʼlumotlar berildi.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlganligi qayd etildi. Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.