Bazaviy hisoblash miqdorini qoʻllash sohasi kengaytirildi

    Mamlakatimizda 29 Oktabr 2020 2359

    Prezidentning ayrim hujjatlariga bazaviy hisoblash miqdorini qoʻllash sohasini kengaytiruvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritildi (27.10.2020-yildagi PF-6094-son Farmonga qarang).

    BHM yana qayerda qoʻllaniladi?

    Eslatib oʻtamiz, 2019-yil 1-sentyabrdan boshlab eng kam ish haqi (EKIH) oʻrniga MHEKM, bazaviy hisoblash miqdori (BHM) va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori (PHBM) amal qilmoqda. Shu munosabat bilan qonunlar va ayrim qonunosti hujjatlaridagi atamalarga tuzatishlar kiritildi (bu yerda va bu yerda qarang). Ularning dolzarb qiymatlari – bu yerda.

    Hozir qoʻshimcha ravishda aniqlashtirishlaricha, BHM quyidagilarni hisoblab chiqarishda ham qoʻllanadi:

    • davlat mukofotlari (shu jumladan, mukofot pullari), idoraviy mukofotlar, jumladan unvonlar, esdalik va koʻkrak nishonlari uchun nazarda tutilgan mukofotlar miqdorlarini;
    • oziq-ovqat va yoʻlkira uchun xarajatlar qiymatini qoplash va shu kabi ayrim kompensatsiyalarni.

    Xususan, endi quyidagilarga BHMga karrali miqdorda kompensatsiyalar toʻlanadi:

    a) quyidagilarga turar-joy xizmati boʻyicha kommunal va boshqa koʻrsatilgan xizmatlar toʻlovi uchun - har yarim yilda bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul kompensatsiyasi toʻlovi uchun:

    • terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida olgan jarohati tufayli nogiron boʻlib qolgan IIOlari xodimlariga;
    • qaramogʻida terrorizmga va jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash chogʻida halok boʻlgan IIOlari xodimlarining voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan shaxslarga.

    b) obodonlashtirish boʻlinmalari xodimlarining oziq-ovqati uchun – BHMning 1 baravari.

    Birjada chigit qanday realizatsiya qilinadi?

    Birja savdolarida paxta texnik chigitini realizatsiya qilish shartlariga tuzatishlar kiritildi:

    • ular tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar mahalliy korxonalarga sotiladi (ilgari – mulkchilik shakllari);
    • sotib oluvchilar toʻliq texnologik siklda - magʻizni yanchish, gidrotermik ishlov berish, presslash, ekstraksiyalash, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash va qadoqlash sexlarida qayta ishlab olingan tayyor mahsulotlar uchun tegishli gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlishlari kerak;
    • chigitni toʻliq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda zarur hujatlarning mavjudligini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tekshiradi.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 27.10.2020-yildan kuchga kirdi.

    Oleg Zamanov.