Baʼzi tumanlarda eksport hajmi oʻtgan yilgi koʻrsatkichning yarmiga ham yetmagani tanqid qilindi

    Vazirlik, idoralar va hokimliklarning Kooperatsiya portalidagi ishtiroki yetarli emasligi qayd etildi. 63 mingta mahalliy korxonadan atigi 5 foizi mahsulotini portalga chiqarmoqda.

    Mutasaddilarga yil yakuniga qadar barcha hududiy sanoat korxonalarini portalga toʻliq ulash topshirildi. Mahalliy mahsulotlar uchun 520 ta milliy standartni ishlab chiqish zarurligi taʼkidlandi.

    Eksport masalalari tahlil qilinar ekan, tarmoq va hududlar yil boshidan 8,7 milliard dollarlik mahsulotini chetga sotgani taʼkidlandi. Lekin 9 ta tumanda eksport oʻtgan yilgi koʻrsatkichning yarmiga ham yetmagan.

    Yana bir masala – xorijiy davlatlar ichki bozorini himoya qilish uchun koʻplab tarif va notarif toʻsiqlarni belgilamoqda. Tashqi ishlar vazirligi va boshqa manfaatdor idoralarga ushbu toʻsiqlarni yumshatish yuzasidan muzokara oʻtkazib, kelishuvga erishish topshirildi.