Bedarak yo‘qolgan yigit bir yildan keyin topildi

    2022-yil 25-fevral kuni Samarqand viloyati, Ishtixon tumani "Chaqar" mahallasida yashovchi, 2005-yilda tug‘ilgan B.Turg‘unov yashash uyidan nomaʼlum tomonga chiqib ketib bedarak yo‘qolgandi.

    Yigitning yaqin qarindoshlari ariza bilan murojaat qilgach, holat yuzasidan IIO xodimlari tomonidan qidiruv tadbirlari olib borilgan.

    Samarqand viloyati IIB xabarida aytilishicha, 2023-yil 27-mart kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 2-son IIB profilaktika katta inspektori mayor A.Bobonazarov o‘zining xizmat hududi bo‘lgan Samarqand shahar Yangiqo‘rgon mahallasida profilaktik tadbirlarni o‘tkazayotgan vaqtida o‘smir mahalla hududida yurgani aniqlangan.

    So‘ngra u Ishtixon tumani IIB xodimlariga topshirildi.