Behbudiy tavalludining 147 yilligiga bagʻishlandi

    Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 147-yilligi munosabati bilan “Mahmudxoʻja Behbudiy merosi va jadid matbuotini oʻrganishning dolzarb masalalari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

    Unda Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon Oʻsarov tariximizning murakkab davrida maʼrifat mashʼalasini baland koʻtarib chiqqan jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy haqida soʻz yuritdi.

    Konferensiyada Amsterdam mintaqaviy, transmilliy va Yevropa tadqiqotlari maktabi (ARTES), AQSHdagi Oʻrta Sharq tadqiqoti markazi, Kanadadagi Karlton universiteti Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti, Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Ozarbayjondagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi-mutaxassislari qatnashdi.