— Yashnobod tumani “Behizor” mahallasida tashkil etilgan bugungi xayriya tadbiri davomida 15 nafar kam ta’minlangan oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdik, — deydi fondning Toshkent shahar bo‘limi raisi Soqijon Karimov. — Shuningdek, ularning uylarini hashar yo‘li bilan ta’mirladik. Bu kabi xayriya tadbirlarini avgust oyining oxiriga qadar davom ettiramiz.

Xayriya tadbiri davomida tumandagi 8 ta mahalla idorasiga kompyuter jihozlari ham topshirildi.

                                                                                    “Mahalla” fondi

axborot xizmati