Behzod Abduraimov Bryusselda konsert dasturi namoyish qildi

    O‘zbekistonlik taniqli pianinochi Behzod Abduraimov Belgiya milliy orkestri jo‘rligida bastakor Sergey Raxmaninov ijodi haftaligi doirasida Bryusseldagi “Bozar Art” tasviriy sanʼat markazining konsert zalida chiqish qildi.

    Sergey Raxmaninovning mashhur asarlarini ijro etgan Behzod Abduraimov Belgiya poytaxti sanʼat ixlosmandlarining takror va takror olqishlariga sazovor bo‘ldi. Ular o‘zbek pianinochisining ijro texnikasi chuqur uslub va aql bovar qilmaydigan mahorat bilan hayratga soladi, degan fikr bildirdi. Konsert dasturiga kiritilgan sonatalarning yuksak ijrosi ularni bir nafasda tinglash imkonini berdi.

    O‘zbek ijrochisining yuqori darajadagi texnik mahorati barchada chuqur taassurot qoldirdi. Musiqiy sanʼat kechasi ishtirokchilari “Keyingi konsertlar va yangi uchrashuvlarni intiqlik bilan kutamiz”, degan fikrda yakdil edilar.

    Maʼlumot uchun: Bryussel tasviriy sanʼat markazi Belgiyaning bosh madaniy maskani hisoblanadi. 1928 yilda ochilgan mazkur markazda sanʼat olamining eng sara namunalari to‘plangan bo‘lib, aksariyat madaniy va sanʼat tadbirlari aynan shu yerda tashkil etiladi.