Behzod Abduraimovning Luvrdagi yakkaxon konserti bo‘lib o‘tdi

    Konsert Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan tashkil yetilgan «Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida» nomli ilk keng miqyosli madaniy va tarixiy meros koʻrgazmasining madaniy dasturi doirasida boʻlib oʻtdi.

    Behzod Abduraimov – yuksak mahoratli oʻzbek pianino sozandasi yevropalik jamoatchiligi uchun Robert Shumanning “Kreisleriana Op.16”, rus bastakori Modest Musorgskiyning “Koʻrgazmadagi surat”, bastakor Dilorom Saydaminovaning “Koʻhna Buxoro devorlari” kabi mashhur musiqiy asarlarini ijro yetib berdi.

    Luvrdagi “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi 2023-yilning 6-martiga qadar davom etadi.