баннер
30 Mar 2025
20:47

    Bekatlar soni ortadi

    Toshkent metrosining yana 5 ta bekati yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi

    Toshkent er usti metrosining 2-bosqichi “Qo'yliq – Quruvchilar” yo'nalishining 7-bekatdan 12-bekatgacha bo'lgan 8,5 kilometrlik uchastkasida qurilish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

    “O'zbekiston temir yo'llari” AJ matbuot xizmatiga ko'ra, ushbu oraliqdagi qurilish ishlari yil oxirigacha yakunlanadi.

    “Hozirgi vaqtda 3 ta bekat qurilishi yakunlanmoqda. Qo'yliq bozoridagi 7-bekatdan 8-, 9- hamda 10-bekatlar Mirobod hamda Sergeli tumanidan o'tgan Toshkent halqa avtomobil` yo'li yoqasida joylashgan bo'lib, ayni paytda mutaxassislar tomonidan 7-bekatdan 10-bekatgacha bo'lgan masofada qurilish jarayonining barcha temir-beton ishlari tugatilib, yangi va mustahkam relslar to'liq o'rnatib bo'lindi”, deyiladi jamiyat ma'lumotida.

    Ayni vaqtda Toshkent er usti halqa metro yo'nalishining 2-bosqichida amalga oshirilayotgan qurilish ishlariga 116 ta texnika, mashina va mexanizmlar hamda 2 ming 650 nafarga yaqin malakali muhandis va ishchi-xodim jalb qilingan.

    Mazkur yo'nalish bir kunda 40 mingga yaqin yo'lovchiga xizmat ko'rsatish quvvatiga ega bo'ladi.

    Ma'lumot uchun: ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod bo'ladi. Bekatlar soni 50 taga etadi. Metroda yuruvchi kunlik yo'lovchilar soni 600 minggacha oshadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech