Tadbirda, fuqarolar J.S va F.U.lar elektron auksion savdolari orqali “Bogʻishamol” MFY hududida “Qahvaxona va dam olish maskani”ni qurish sharti bilan xarid qilgan 13 sotix yer maydonida bino va inshootlarni qurish majburiyatini bajarmasdan, balki ushbu yer maydonining bir qismini fuqaro M.ga sotishga kelishib, keyinchalik yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib 5 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmalari tomonidan prokuratura bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “T.t.b.” MCHJ hisobchisi K.J. fuqaro T.ning ishonchiga kirib, unga MCHJga qarashli 6 sotix yer maydonini MCHJ rahbari orqali olib berishni vaʼda qilib, evaziga 2 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.