Maʼlumotiga koʻra, Ayni vaqtda Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaning Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti xodimlari Bekobod tuman IIBda boʻlib turibdi.
Hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda tuman IIB oʻrinbosari pora olayotganda qoʻlga tushgan. U fuqaroga Jinoyat kodeksining 105-moddasi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan ochilgan jinoyat ishi boʻyicha yordam berish uchun uning akasidan pora talab qilgan. 5 000 AQSH dollari olayotganda ushlangan.
Ayni damda tuman IIB boshligʻi oʻrinbosari ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.