Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvda, “A” MFY raisi X.Gʻ. tomonidan hujjatlarga soxta maʼlumotlar kiritilib, haqiqatda mazkur mahallada yashamaydigan va nafaqaga muhtoji boʻlmagan 26 nafar fuqarolarga jami 101,5 mln soʻm nafaqa pullari tayinlanib, shundan 31,6 mln soʻmi fuqarolarga asossiz toʻlab berilganligi aniqlangan.
Shuningdek, oʻz vaqtida olib borilgan oʻrganishlar natijasida 69,9 mln soʻmlik byudjet mablagʻlari talon-toroj qilinishining oldi olindi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan mahalla raisi X.Gʻ.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.