Bekobod tumanida oʻqishni koʻchirib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tadbirda fuqaro J.A. boshqa bir fuqaro D.ni qoʻshni Tojikiston Respublikasi Xoʻjand davlat universitetidagi oʻqishini tanishlari yordamida Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetiga koʻchirib berish evaziga 3 700 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.