Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1979-y.t. ayol Sh.M. 20 ming AQSH dollarini oyoq kiyimlari ichiga yashirgan holda “Farxod” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga olib oʻtmoqchi boʻlgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan toʻxtatib qolindi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilayotgan vaqtda esa u yana bir bor xuddi shunday noqonuniy harakatni sodir etdi.
Bu safar u egnidagi kiyimlari orasiga yashirgan holda 70 ming AQSH dollarini aynan shu chegara bojxona posti orqali qoʻshni davlatga olib chiqishga uringanida qoʻlga olindi.
Aniqlanishicha, ushbu koʻp miqdordagi xorijiy valyuta qimmatliklari Tojikiston Respublikasi fuqarosiga tegishli boʻlib, Sh.M. oʻzining kuryerlik xizmatiga maʼlum bir miqdorda pul mablagʻi olishi kerak boʻlgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 182-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.