24 yoshli bokschimiz professional ringdagi faoliyatiga hali koʻp vaqt boʻlmagan boʻlsada bir yoʻla 2 ta kamarga egalik qilmoqda.
Yaqinda meksikalik Alan Kampa bilan koʻch sinashgan hamyurtimiz 2-raundda nokdaunt va 3-raundda nokaut hisobini qayd etib, professional boksdagi 6 jangini 6 gʻalaba va 5 nokaut bilan tantana qildi.

“Oʻzbekiston iftixori” iqtidorli sportchimizni kutib olishga Toshkent xalqaro aeroportiga, murabbiylar, Mudofaa vazirligi markaziy harbiy sport klubi rahbariyati va boks muxlislari tashrif buyurishdi.

Harbiy orkestr joʻrligida yurtimizning qahramon oʻgʻloni kutib olindi.