Maʼlum boʻlishicha, 29 yashar hamyurtimizga oʻsha kuni amerikalik Daryus Fulgxem raqiblik qiladi. Jang superoʻrta vazn toifasidagi WBA Eliminatori maqomida oʻtkaziladi. Meliqoʻziyev ayni damda ushbu tashkilot reytingida uchinchi oʻrinni egallab turgan boʻlsa, Fulgxem toʻrtinchi pogʻonada bormoqda.
Maʼlumot uchun, Bektemir faoliyati davomida hozirga qadar 16 ta jang oʻtkazib, 15 ta gʻalaba (10 KO) va 1 ta magʻlubiyat qayd etgan. Daryus hisobida esa 14 ta jangda qoʻlga kiritilgan 14 ta gʻalaba (12 KO) bor.