Bektemir fransiyalik Pyer Yuber Dibombegaga qarshi ringga ko‘tarildi.
Jang 7-raundda Bektemirning qoshidagi jarohat sababli to‘xtatildi. 7 raunddan so‘ng hisoblangan ochkolar bo‘yicha (79-73, 79-73, 78-74) Meliqo‘ziyev raqibidan ustun keldi. Shu tariqa o‘zbekistonlik bokschi o‘ziga tegishli bo‘lgan WBA Inter-Continental kamarini saqlab qoldi.
Shuningdek, Bektemir WBA reytingini ham yaxshilab oldi. Dibombe esa faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.