Golden Boy promouterlik kompaniyasi maʼlumotiga koʻra, hamyurtimiz 6-avgust kuni AQSHning Texas shtatida bosniyalik Sladan Yanyaninga qarshi ringga koʻtariladi.

Maʼlumot uchun, Bektemir professional ringda 10 ta jang oʻtkazib, ularning 9 tasida gʻalaba qozongan, shundan 7 tasi nokaut. Afsuski, 1 ta jangda magʻlubiyat alamini ham totib koʻrgan.

Yanyanin esa 43 marotaba jang oʻtkazib, ularning 32 tasida gʻalabaga erishgan (24 ta nokaut). 11 ta jangda imkoniyatni boy bergan (7 ta nokaut).