Bu haqda Gosport.uz nashriga bokschiga yaqin manbalar xabar berdi.

Manbalarga koʻra, jang Moskva shahrida 70 ming tomoshabinni sigʻdira oladigan “Lujniki” futbol stadionida boʻlib oʻtadi.

Sergey Kovalyov soʻnggi marta 2019-yilda Kanelo Alvaresga qarshi ringga koʻtarilgan va 11 raundda nokautga uchragandi. 2019-yilning avgustida jahon chempionlik kamarini himoya qilgan. U yarim ogʻir (-79,34 kg) vazn toifasida 13 karra jahon chempioni hisoblanadi. Shularning beshtasida bir yoʻla uchta kamar WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlarini qoʻlga kiritgan.