Bektemir Meliqoʻziyev va Botir Ahmedov yangilangan WBA reytingida koʻtarildi

    Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) fevral oyi yakunlariga koʻra yangilangan reytingni eʼlon qildi.

    Reytingdan 7 nafar bokschimiz oʻrin olgan:

    • Hasanboy Doʻsmatov - (minimal vazn) 2-oʻrin;
    • Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) 1-oʻrin;
    • Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 1-oʻrin;
    • Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 7-oʻrin (oʻtgan oy 8-oʻrinda edi);
    • Shahram Gʻiyosov (yarimoʻrta vazn) - 1-oʻrin;
    • Isroil Madrimov (super yarim oʻrta vazn) - 1-oʻrin;
    • Bektemir Meliqoʻziyev (super oʻrta vazn) - 5-oʻrin (oʻtgan oy 6-oʻrinda edi).