Bektemir Meliqoʻziyevning raqibi, jang sanasi va manzil maʼlum

    Charm qoʻlqop ustamiz Bektemir Meliqoʻziyev shu oy navbatdagi jangini oʻtkazadi.

    Superoʻrta vazn toifasidagi professional bokschimiz Bektemir Meliqoʻziyev (8-1, 6KO) navbatdagi jangini 19-mart kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida oʻtkazadigan boʻldi.

    Oʻn raundga moʻljallangan jangda bokschimizga kanadalik Devid Zegarra (34-7, 21KO) raqiblik qiladi.