Bugun tongda AQSH mezbonligi ostida oʻtkazilgan Bektemir Meliqoʻziyev va meksikalik Alan Kampa oʻrtasida jang hamyurtimizning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Olimpiyada oʻyinlari sovrindori, koʻp karra Osiyo chempioni, Oʻzbekiston iftixori Bektimir Meliqoʻziyev professional boksda faoliyatini boshlagani yaqinda bir toʻlgan boʻlsada 6 jang, 6 gʻalaba va 5 nokaut bilan oʻz titulini yangilab oldi.
Qizgʻin va murosasiz kechgan jang 2-raunddan boshlab hamyurtimiz ustunligi ostida oʻtdi.
Ketma-ket berilgan zarbalardan soʻng raqib oʻzini tuta olmadi va 2 - raunda hakamlar nokdaunt holatini qayd etishdi. 3-raund esa kim aslida kim ekanligi yaqqol tasdiqlab berdi. Chap qoʻlda berilgan ketma ket 2 ta zarba oqibatida meksikalik bokschi nokaut holatiga tushdi va hakamlar jangni toʻxtatishdi.
Shu tariqa hamyurtimiz navbatdagi gʻalaba va WBO Inter-Kontinental kamari sohibligini tantana qildi.