Bektemir tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori firibgarlik ustida ushlandi

    Xavfsizlik 24 Noyabr 2020 1091

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

    Unda Bektemir tuman aholi bandligiga koʻmaklashish markazi direktori M.A. fuqaro Sh.A.ning turmush oʻrtogʻini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tugʻruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga firibgarlik yoʻli bilan 30 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.