Bektemir tumanidagi ayrim hududlarda salkam ikki hafta issiq suv bo‘lmaydi

    Qurilayotgan yangi qozonxonaning issiqlik tarmoqlarini rekonstruksiya qilingan qismga ulanishi munosabati bilan Vodnik dahasining ayrim hududlarida 7-sentabr kuni soat 9:00 dan 20-sentabr soat 20:00 gacha issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

    Ta’kidlanishicha, shu muddat ichida tumandagi 29, 30, 31, 32, 33, 34, 36, 37, 39 va 40-uylar, shuningdek, 2 ta ma’muriy binoda issiq suv o‘chiriladi.

    Issiq suv ta’minotini qayta tiklash yuqorida aytib o‘tilgan ishlar tugashi bilan (8 sentyabr soat 20:00 dan keyin) amalga oshiriladi.

    Ushbu chora Toshkent shahridagi issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va hududda yopiq issiqlik ta’minoti tizimiga o‘tish doirasida yangi qozonxona va tegishli jihozlarni ulash uchun zarur.