Bektemir va Xovos tumanlarida ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi

    Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Bektemir tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Tadbirda, fuqarolar M.D. va S.X.lar fuqaro X. (mutaxassisligi shifokor)ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nurafshon shahardagi Tez tibbiy yordam boʻlimiga ishga kiritib, keyinchalik goʻyoki bosh shifokor oʻrinbosari lavozimiga tayinlatib berish evaziga 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

    Shu kabi, Xovos tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.A. boshqa bir fuqaro I.ning ishonchiga kirib, uni Xovos vagon taʼmir korxonasida ishlovchi tanishlari orqali ishga kiritib qoʻyish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.