Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston Bel olish va uch kurash assotsiatsiyasi yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 400 nafardan ortiq yosh polvonlar oʻz vazn toifalariga koʻra, gʻoliblik uchun kuch sinashdi. Yakuniy natijalarga koʻra, quyidagi sportchilar faxrli birinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston chempionlariga aylanishdi.
Qizlar. Bel olish halqa - chalish yoʻnalishi
38 kg. 1. Farangiz Qoʻshaqova (Andijon), 46 kg. 1. Saodat Qoraboyeva (Jizzax), +50 kg. 1. Durdona Maʼmurjonova (Sirdaryo).
Oʻsmirlar. Bel olish halqa - chalishsiz yoʻnalishi
32 kg. 1. Doston Mamadaliyev (Jizzax), 38 kg. 1. Gʻanijon Abduxalilov (Jizzax), 44 kg. 1. Rahmatillo Quronboyev (Xorazm), 50 kg. Rustamjon Karimov (Sirdaryo), 58 kg. Abdimoʻmin Janiqulov (Sirdaryo), 66 kg. 1. Azizbek Sodiqov (Fargʻona), 74 kg. 1. Zikiriyo Mamajonov (Andijon).
Oʻsmirlar. Bel olish chalish yoʻnalishi
30 kg. 1. Behruzbek Abdualiyev (Sirdaryo), 35 kg. 1. Behruzbek Hayitov (Fargʻona), 41 kg. 1. Asilbek Ummatqulov (Sirdaryo), 47 kg. 1. Shamsiddin Bozorboyev (Jizzax), 54 kg. 1. Diyor Esonov (Jizzax), 62 kg. 1. Adhamjon Ibrohimov (Sirdaryo), 70 kg. 1. Ozodbek Rasulov (Fargʻona), +74 kg. 1.Behruz Xoltoyev (Toshkent sh.).
Oʻsmirlar. Bel olish halqa -chalish yoʻnalishi
30 kg. 1. Mirzohid Zokirov (Namangan), 32 kg. 1. Azizbek Gʻulomov (Andijon), 35 kg. 1. Jasur Ulugʻbekov (Andijon), 38 kg. 1. Rustam Mahmudov (Toshkent sh.), 41 kg. 1. Dilroʻzbek Qosimov (Fargʻona), 44 kg. 1. Quvvatbek Muhammadisaqov (Andijon), 47 kg. 1. Elyor Turgʻunov (Andijon), 50 kg. 1. Olimjon Hamidullayev (Andijon), 54 kg. 1. Xusanboy Abduvaliyev (Fargʻona), 58 kg. 1. Nurbek Nazarov (Sirdaryo), 62 kg. 1. Yigitali Poʻlatov (Surxondaryo), 66 kg. 1. Zokirjon Odilov (Andijon), mutloq vazn. 1. Asadbek Xasanboyev (Fargʻona).
Oʻsmirlar. Bel olish halqa - chalishsiz yoʻnalishi
32 kg. 1. Otabek Sobirov (Xorazm), 35 kg. 1. Alisher Olimov (Fargʻona), 41 kg. 1. Ozod Tursunboyev (Jizzax), 47 kg. 1.Muzaffar Abduvayitov (Jizzax), 54 kg. 1. Behruz Suvonqulov (Sirdaryo), 62 kg. 1. Izzatillo Hayitboyev (Fargʻona), 70 kg. 1. Ibodullo Ahadov (Toshkent sh.), mutlaq vazn. 1. Abror Narzullayev (Sirdaryo).
Oʻsmirlar. Bel olish chalish yoʻnalishi
32 kg. 1. Akmal Mahmudjonov (Namangan), 38 kg. 1. Maʼrufjon Abduhamidov (Fargʻona), 44 kg. 1. Samandar Omonov (Jizzax), 50 kg. 1. Bekzodjon Yoʻldoshaliyev (Fargʻona), 58 kg. 1. Javohir Norboyev (Surxondaryo), 66 kg. 1. Muhriddin Musurmonqulov (Surxondaryo), mutlaq vazn. 1. Samir Komiljonov (Toshkent v.).
Qizlar. Bel olish chalish yoʻnalishi
46 kg. 1. Olga Alekseyeva (Toshkent sh.), mutloq vazn. 1. Marjona Toʻlanova (Fargʻona).
Oʻsmirlar. Uch kurash yaktakli yoʻnalish
32 kg. 1. Toʻrabek Eshqoʻziyev (Sirdaryo), 38 kg. 1. Azizbek Alisherov (Fargʻona), 44 kg. 1. Quvvatbek Muhammadisaqov (Andijon), 50 kg. 1. Yernazar Almenov (Toshkent v.), 58 kg. 1. Abdulaziz Yoʻlchiboyev (Fargʻona), 66 kg. 1. Muzaffar Mirzamamudov (Namangan), mutlaq vazn. 1. Alisher Yusupov (Toshkent v.).
Bellashuvlar soʻnggida gʻolib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan mukofotlandi.
Ushbu musobaqa dastur-rejasiga muvofiq, 8-apreldan 2006-2007-yilda tugʻilgan sportchi – oʻquvchilar oʻrtasida uch kurashning yaktaksiz va halqa yoʻnalishi boʻyicha bellashuvlarga start beriladi.