Belarus elchisi bilan uchrashuv

    Xalqaro hamkorlik 9 Oktabr 2020 1364

    O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Ilhom Ne'matov Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o'tkazdi.

    Muloqot chog'ida siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O'zbekiston - Belarus hamkorligi istiqboli yuzasidan fikr almashildi.

    Bo'lajak qo'shma tadbirlar jadvali, jumladan Ikki tomonlama hamkorlik bo'yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisini hamda tashqi ishlar vazirliklari o'rtasidagi maslahatlashuv o'tkazish masalasini ko'rib chiqildi.

    Tomonlar xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi ikki va ko'p tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi.

    Tashqi ishlar vazirligi

    matbuot xizmati