Taqiq 20-dekabrdan kuchga kiradi. Mamlakatni Belarus Respublikasi fuqarolari ham, respublika hududida doimiy yoki vaqtinchalik yashash huquqiga ega chet elliklar ham tark eta olmaydi.

Shu bilan birga taqiq maʼlum toifadagi fuqarolarga tatbiq etilmasligi maʼlum qilingan. Ular orasida diplomatlar, havo laynerlari ekipaj aʼzolari, poyezd brigadalari, xalqaro avtomobil yuki tashishni amalga oshirayotgan transport vositalari haydovchilar bor.

Shuningdek, chet elda yashayotgan yaqin qarindoshining ogʻir xastaligi yoki oʻlimi ham erkin chiqishga sabab boʻlishi mumkin. Mamlakatdan, shuningdek chet elda doimiy yashash joyiga egaligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilgan Belarus fuqarolari ham chiqa oladi.

Shu kunlarda belarusda 1 851 kishida koronavirus aniqlangan. Bu haqda BELTA agentligiga Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati maʼlum qilgan. Pandemiya boshidan esa respublikada 152 453 kishi ushbu kasallikni yuqtirgan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.