Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Aleksandr Lukashenko Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti qabriga gul qo‘ydi.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Prezidenti bilan uchrashish va SHHTning Samarqand sammiti tadbirlarida ishtirok etish ham ko‘zda tutilgan.