Uchrashuv davomida har ikki tomon rahbarlari xavfsizlik va kadrlar tayyorlash sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish muhimligini alohida taʼkidlab oʻtdilar.
Uchrashuv yakunida jamoat xavfsizligini taʼminlash hamda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi oʻzaro tajriba almashish borasidagi amaliy chora-tadbirlarni 2022-yilda amalga oshirilishi koʻzda tutilgan hamkorlik rejasi imzolandi.
Shuningdek, tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va “Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi” taʼlim muassasasining Ichki qoʻshinlar fakulteti oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Tashrif dasturiga muvofiq delegatsiya aʼzolari, Belarus Respublikasi IIV ichki qoʻshinlarining faoliyati, jamoat xavfsizligi va huquq-tartiboti, shuningdek, jangovar xizmat hamda moddiy-texnik bazasini taʼminlash boʻlinmalari faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi matbuot xizmati.