Tashrif doirasida delegatsiya aʼzolarining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari, ikkinchi Oʻzbekiston-Belarus ayollari biznes-forumida ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Ayni vaqtda mazkur biznes-forum doirasida ikki mamlakat ayol tadbirkorlari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga doir mavzular boʻyicha qator seksiya yigʻilishlari oʻtkazilyapti, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.