Belarusda boʻlib oʻtadigan belarus-oʻzbek ayollar biznes-forumidan katta natijalar kutilyapti

    Xalqaro hamkorlik 21 Dekabr 2022 2004

    2023-yilda Belarusda Belarus va Oʻzbekiston ayollarining bizne-forumi boʻlib oʻtadi. Bu haqda «Belarusskiy soyuz jenщin» jamiyat birlashmasi vakillari bilan xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha yigʻilishda Belarus Respublika Sovetining raisi Natalya Konchalova eʼlon qildi.

    Bu haqdagi tashabbus oktyabr oyining soʻngida Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan va unda Belarus parlamentariylari ishtirok etgan MDH ga aʼzo davlatlar Parlamentlararo assambleyasida ilgari surildi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Belarus tomoni bilan bir qator yoʻnalishlarda, jumladan yoshlar yoʻnalishi va ayollar harakati boʻyicha hamkorlikni faollashtirishni taklif qildi, deb xabar beradi Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ijroiya qoʻmitasi.

    Belarus-oʻzbek biznes-forumi gʻoyasi Belarus Sovetida qoʻllab-quvvatlandi. Va bunda tadbir Belarus hududida boʻlib oʻtishi belgilandi. Kelajakda sanoatda, taʼlimda, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda band boʻlgan ishbilarmon ayollarning bu kabi ikki tomonlama uchrashuvlari MDHga aʼzo boshqa mamlakatlarda ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    • Belarus-oʻzbek ayollar biznes-forumi nafaqat ikki mamlakat, shuningdek, jamoat tashkilotlari, eng avvalo ayollar tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlik yoʻnalishidagi muhim qadam boʻladi, — deb fikr bildirdi Natalya Konchalova. — Jamoat birlashmalarining ahamiyatini esa bugungi kunda baholash mushkul.

    Oʻtkaziladigan forumdan Belarus tomoni nimani kutayotgani haqida Natalya Konchalova shunday dedi:

    • Bunda oʻzbekistonlik ayollarning mamlakatimiz bilan tanishish imkoniyati yaratiladi. Maqsadimiz — odamlarimizning bir-biri bilan koʻproq muloqot qilishi.

    Uchrashuvda tanishuvdan tashqari amaliy natijalar ham kutilyapti. Oʻrtada tomonlarning oʻzaro hamkorlikdagi harakatlarini belgilovchi bitim va kelishuvlar imzolanadi.

    • Aslini olganda ham, oʻzbekistonlik ayollar bilan bizning juda koʻp oʻxshashlik jihatlarimiz mavjud, — deb davom etdi Natalya Konchalova. — Eng avvalo bizlarni oʻz yurtimizga boʻlgan mehr va sadoqat jihatlarimiz birlashtiradi. Bunday oʻzakka tayangan munosabatlar, shubhasiz, nafaqat doʻstlik yoʻlida, balki iqtisod va biznes sohalarida ham saqlanib qolishi va rivojlanishi kerak.