Belarusning “Belavtomaz” korxonasida ishlash uchun 31 nafar yurtdoshimiz joʻnab ketdi

    Shu yilning 21-avgust kuni chet davlatda ishlash uchun ariza topshirgan 31 nafar fuqarolarimiz Belarus Respublikasining “Belavtomaz” korxonasida ishlash uchun joʻnab ketdi.

    Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

    Qayd etilishicha, fuqarolarimiz ushbu zavodda 5 kun 8 soatdan mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Oylik maosh oʻrtacha 720 AQSH dollarini tashkil etadi.

    Ish turi: avtomobilsozlik

    Shartnoma muddati: 1-yil

    Aviachipta, yotoqxona, tibbiy koʻrik va ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma ish beruvchi hisobidan qoplanadi, — deyiladi.