Loyihalar uchun chetdan mablagʻ olib kelish qanchalik qiyin boʻlayotganini, uni samarali ishlatish kerakligini barcha rahbarlar tushunishi shart.
Belgilab berilgan vazifalar ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish, aniq mexanizmini belgilab, eng quyi boʻgʻingacha tushirish topshirildi.
Vazirlar, tarmoq rahbarlari, viloyat hokimlari oldiga tumanlarga tushib, oʻz ishini joyida tashkil qilish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilish davomida vazirlik va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.