Belgorodning o'qqa tutilishi paytida tinch aholi vakili halok bo'ldi

    Belgorod (Rossiya Federatsiyasi)da yashovchi fuqaro Ukraina tomonidan o'qqa tutilishi oqibatida halok bo'ldi, deb xabar berdi viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkov o'zining Telegram-sahifasida.

    Ikki kishi jarohatlangan. Otishma paytida biri manipulyatorda katta yo'l bo'ylab ketayotgan bo'lgan, ikkinchisi sanoat korxonasi hududida bo'lgan. Jabrlanganlar viloyat klinik shifoxonasiga yetkazilgan.

    Belgorod viloyatidagi do'kon va sanoat korxonasidan tashqari ikkita shaxsiy uy, bitta xo'jalik binosi va to'rtta avtomobil zarar ko'rgan.

    Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, havo hujumidan mudofaa tizimlari Moskva vaqti bilan soat 13:00 atrofida Belgorod viloyatida Ukrainaning o'nta “RSZO Vampire” snaryadlarini yo'q qilgan.

    Ukraina oxirgi paytlarda Rossiyaning chegaradosh viloyatlariga hujum qilishga urinishlarini kuchaytirdi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari har kuni o'nlab uchuvchisiz uchish qurilmalari va turli turdagi raketa va snaryadlarni qo'lga tushiryapti, deb xabar beradi ria.ru.