Bugun Kinematografiya agentligida Belarus Respublikasi Madaniyat vazirligi mutasaddilari va kinomutaxassislari bilan videomuloqot boʻlib oʻtdi.
Unda agentlik rahbariyati bilan Belarus Respublikasi Madaniyat vaziri oʻrinbosari Valeriy Gromada, “Belarusfilm” milliy kinostudiyasi bosh direktori Vladimir Karachevskiy, Oʻzbekistonning Belarusdagi elchi oʻrinbosari Rahmatilla Nazarov va boshqalar ishtirok etishdi.
Videomuloqotda “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivalini hamkorlikda oʻtkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, videomuloqotda Oʻzbekiston va Belarus Respublikasi hamkorlikda ko-produksiya filmlarini ishlab chiqarish, xalqaro tanlovlar oʻtkazish yuzasidan takliflar bildirildi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati