Belorussiya bilan banklararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

    Moliya 26 Avgust 2022 1856

    Oʻzbekiston hukumati delegatsiyasining Belarus Respublikasiga tashrifi chogʻida Minsk shahrida Bosh vazir oʻrinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Belarus taraqqiyot banki hamda “Beleximgarant” va “Promagrolizing” sugʻurta agentliklari rahbariyati oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

    Uchrashuvda Belorus moliya institutlarining mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika va qishloq xoʻjaligi sohasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdagi ishtiroki masalalari muhokama etildi.

    Belarus taraqqiyot banki rahbariyati Oʻzbekiston banklari bilan ishlash boʻyicha toʻplangan tajriba hamda savdo va investitsiya loyihalarini moliyalashtirish resurslaridan foydalanib, Oʻzbekiston bilan qoʻshma tashabbuslarni moliyalashtirishda ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

    Taraqqiyot banki rahbariyati, “Beleksimgarant” va “Promagrolizing” agentliklarining sentyabr oyida Oʻzbekistonning bir qator tegishli vazirlik va idoralarida istiqbolli loyihalarni oʻrganish va muzokaralar olib borish uchun Toshkentga tashrifini tashkil etish masalasi kelishib olindi.

    Shuningdek, oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirishning nisbiy va prognoz qilinadigan barqarorligi sharoitida banklararo hamkorlikni davom ettirish masalalari muhokama etildi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar mavjud kelishuvlar doirasida oʻzaro hamkorlikni davom ettirishga va Belarus taraqqiyot banki rahbariyatining Oʻzbekistonga rejalashtirilgan tashrifi davomida yanada yaqinroq hamkorlik masalalarini muhokama etishga kelishib oldilar, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.