Bemor ayol miya operatsiyasi vaqtida klarnet chaldi

    Daily Mail nashrining xabar berishicha, Angliyaning Krouboro shahridan bo'lgan 65 yoshli Denis Bekon miya operatsiyasi vaqtida klarnet chaldi.

    U Parkinson kasalligi tufayli chuqur miya stimulyatsiyasi deb nomlanuvchi holatni boshdan kechirdi. U harakatlanishning sekinlashishi va mushaklarning qattiqlashishi kabi alohatlarni namoyon etadi. 2014-yilda tashxis qo'yilgan kasallik Bekonning yurish, suzish, raqsga tushish va klarnet chalish qobiliyatiga ta'sir qildi.

    Nafaqaga chiqishdan oldin u nutq terapevti bo'lib ishlagan va mahalliy orkestrda chiqish qilgan, ammo kasalligi tufayli nafaqaga chiqishga majbur bo'lgan.

    Operatsiya Londondagi Qirollik kolleji shifoxonasida o'tkazildi. Operatsiya to'rt soat davom etdi, bu vaqt davomida Bekon o'z hushida edi va unga anesteziya qo'llanildi. Klarnet chalish jarrohlarga jarayon natijalarini real vaqt rejimida kuzatish imkonini berdi. Nashrning yozishicha, operatsiya darhol o'z natijasini berdi – bemorning barmoq harakati darhol yaxshilandi.

    Operatsiya davomida Bekonning miyasiga elektrodlar joylashtirildi va ko'kragiga taxminan 20 yil ishlashga mo'ljallangan qayta zaryadlanuvchi impuls generatori joylashtirildi. Ushbu davolash usuli Parkinson kasalligiga chalingan barcha bemorlar uchun mos emas, deb xabar berdi rbc.ru.