Bemorga giyohvandlik moddasini yetkazib bermoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi

    Tanishini koʻrish uchun kelgan va oʻzini shubhali harakatlari bilan koʻzga tashlangan fuqaro “Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

    Bektemir tumanida joylashgan narkologik dispanserda giyohvandlikdan davolanishga yotqizilgan tanishini koʻrish uchun kelgan va oʻzini shubhali harakatlari bilan koʻzga tashlangan fuqaro “Qoʻriqlash” boʻlimi xodimlari tomonidan toʻxtatilgan.

    Shundan soʻng xodimlar tomonidan ushbu shaxs oʻrnatilgan tartibda tekshirilganda 30 yoshli fuqaro S. T ekanligi maʼlum boʻlib oʻzi bilan olib kelgan paketdagi yashil skotch bilan mahkamlangan oʻram nima ekanini tushuntirishdan bosh tortgan.

    Xolislar ishtirokida oʻram ochib koʻrilganda esa uning ichida oʻziga xos hidga ega jigarrang modda borligi aniqlangan.

    Chaqiruvga asosan yetib kelgan Qoʻriqlash tezkor guruhi tomonidan ushbu fuqaro hududiy ichki ishlar boshqarmasiga olib kelingan. Hozirda mazkur holat yuzasidan IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.