Bemorga o'z vaqtida yordam bermagan shifokor jazolandi

    Salomatlik 27 May 2020 1357

    Sirdaryo tumani “Adolat” MFYda yashovchi iste'molchi D.M. Sirdaryo tuman shoshilinch tez tibbiy yordam muassasasiga yo'llanma bilan borishiga qaramay, unga tez tibbiy yordam ko'rsatilmagan. O'z vaqtida kerakli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta'minlanmaganligi oqibatida shifoxonada bemorning qon bosimi yanada ko'tarilgan.

    Iste'molchi bildirgan e'tirozli murojaati yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi huzuridagi Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining Sirdaryo viloyati hududiy tuzilmasi tomonidan viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi hamda tuman sog'liqni saqlash bo'linmalariga iste'molchining huquqi himoya qilinishi yuzasidan so'rov xati yuborildi.

    Natijada Sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tegishli ishlar amalga oshirilib, D.M.ga kerakli tibbiy dori vositalari etkazildi. Sarsongarchilikka yo'l qo'ygan, ishiga nisbatan befarq bo'lgan tuman shifokoriga nisbatan xayfsan intizomiy jazosi tayinlandi.