Axir barchamiz oq xalatli shifokorlarga alohida hurmat bilan muomala qilishga odatlanganmiz. Shunga oʻxshash holat joriy yilning 27-iyun kuni Toshkent viloyati Toʻytepa mahallasida yashovchi isteʼmolchi D.H. bilan sodir boʻldi. Isteʼmolchi qattiq tish ogʻrigʻidan xavotirga tushib, Nurafshon shahridagi “DAMIR STOMA SERVIS” MCHJ xususiy klinikasiga bordi.

Suhbatning boshida shifokorga 2-guruh nogironligi va qandli diabet kasalligi borligini bildirdi, ammo shifokor bemor bilan qoʻpol muomala qila boshladi.

Rentgen tekshiruv natijalari tayyor boʻlgach, shifokor uni gigiyena qoidalariga rioya qilmaganlikda ayblab, bemorni qoʻpol muomala bilan davolaydi. Oxir-oqibat, bemor 260 ming soʻmlik berilgan chekka toʻlovni amalga oshiradi, ammo oʻziga qilingan bunday munosabatni sira qabul qila olmaydi.

D.H. shifokorning bunday xatti-harakatiga tegishli chora koʻrilishi kerak deb hisobladi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ishonch telefoniga oʻz murojaatini qoldirdi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga yoʻnaltirilgan mazkur murojaat Agentlikning Toshkent viloyati hududiy tuzilmasi va Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tomonidan oʻrganib chiqildi. 

“DAMIR STOMA SERVIS” MCHJ xususiy klinikasi stomatolog shifokori haqiqatan ham mijozga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlganligi tasdiqlandi va unga muassasaning 16.07.2020-yildagi № 06 sonli buyrugʻiga binoan xayfsan eʼlon qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 40-moddasiga koʻra, har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.