Kasallik belgilari paydo boʻlgan yoki tekshiruv natijasi musbat chiqqan bemorlar poliklinikaga murojaat qilishlari kerak;
Shu bilan birga mobil telefondan xonadonga qoʻngʻiroq qilayotganda mavjud muammolar aniqlanganda bemorlar ichidan shamollash belgilari borlari saralab olinadi;
Shamollash belgilari aniqlangan bemorlarga UASH tomonidan xabar olinib, tegishli davo muolajalari qilinadi;
Kasallik tasdiqlangan, kasallikning alomatsiz yoki yengil shakli boʻlganligi uchun uyda davolanishi rejalashtirilgan bemorlarga poliklinika tomonidan mobil brigada yuboriladi.
Mobil brigada bemorga nazorat rejasini tuzadi, tegishli dorilarni beradi, oila aʼzolariga kun tartibi va sanitar gigiyenik talablarni tushuntiriladi.
Bemorning holatiga koʻra 1 kunda 1-marta yoki 2 kunda 1-marta koʻrikni amalga oshiradi. Boshqa payt UASH har kuni 2-3-marta telefon orqali bogʻlanadi;
Agar bemorda
Nafas tezligi daqiqasiga 30-marta va undan koʻp boʻlsa
Yengil harakatlarda hansirash paydo boʻlsa
Holsizlik kuchaysa
Tana harorati 3-5 kun koʻtarilib tursa va qaytalasa
Yoʻtal paydo boʻlsa va kuchaysa
Tezda poliklinika shifokoriga xabar berish zarur.