YECHL chorak final doirasida Benzema “Chelsi” darvozasiga gol urdi. Bu hujumchi uchun 2023-yil boshidan buyon urgan 18-gol boʻldi. “Real” hujumchisi bu borada “Manchester Siti” vakili Erling Xolandga yetib oldi. TOP-5 chempionatlarida hozircha bu yil xech kim 18 tadan koʻp gol urmadi.
Eslatib oʻtamiz, kecha tunda YECHL chorak finalidan oʻyin olgan ikkita oʻyin oʻtkazildi va unda “Real” “Chelsi”ni (2:0), “Milan” esa “Napoli”ni (1:0) magʻlub etdi.









