Ispaniyaning Marca nashri 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi oʻyinchilari nomini eʼlon qildi. “Real” hujumchisi Karim Benzima eng yaxshi deb topildi. Roʻyxatdagi ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni ham Karimning jamoadoshlari – Tibo Kurtua va Vinisius Junior egallagan.
Kuchli oʻnlikning qolgan joylarini Muhammad Saloh (“Liverpul”), Kilian Mbappe (“PSJ”), Luka Modrich (“Real”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Virjil van Deyk (“Liverpul”), Sadio Mane (“Liverpul”) band etgan.
Shunisi qiziqki, “MYU” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 21, “PSJ” forvarlari Lionel Messi 26, Neymar 57-pogʻonadan joy olgan.