Benzema “Otin to'p”ga da'vogarlar reytingida peshqadamga aylandi

    Goal portalining yangilangan reytingida “Real” hujumchisi Karim Benzema peshqadam bo'lib oldi. Madrid klubining yetakchisi reytining avvalgi lideri “Bavariya” jamoasi hujumchisi Robert Levandovskini ortda qoldirdi.

    Top o'ntalikka, shuningdek, Robert Levandovski (“Bavariya”), Muhammad Saloh (“Liverpul”), Kilian Mbappe (“PSJ”), Luka Modrich (“Real”), Sad`o Mane (“Liverpul”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Vinisius Junior (“Real”), Fil Foden (“Manchester Siti”), Trent Aleksander-Arnold (“Liverpul”) o'rin oldi, deyiladi news.sportbox.ru saytida.