Saudiya Arabistonining “Al Ittihod” jamoasining hujumchisi Karim Benzema Fransiya ichki ishlar vazirini sudga bermoqchi. Futbolchi Yaqin Sharqdagi mojaro haqida gapirib shunday degandi: “Biz ayollar va bolalar jabrlanayotgan, nohaq portlashlar qurboni boʻlayotgan Gʻazo xalqi uchun yana duo qilamiz”.
Karimning bu gapiga javoban Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen: “Bilishimizcha, Benzema “Musulmon-birodarlar” tashkiloti bilan aloqador”, degan.
Futbolchi oʻzining advokati Hyuga Vijye orqali tashkilotga aloqasi yoʻqligini aytdi va vazirga sudga murojaat qilishi bilan tahdid qildi.
“Bu yolgʻon! Benzemaning bu tashkilot bilan zarracha aloqasi yoʻq. U tashkilotni terrorchi deb eʼlon qilgan Saudiya Arabistonida yashamoqda.
Biz bu vazirga nisbatan axborotni manipulyatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun doirasida sudga daʼvo qoʻyish imkoniyatini koʻrib chiqyapmiz. Mamlakatni boshqarayotganlarga oʻzlari xohlagan narsani aytishga haqli emas”, — dedi advokat Vijye.