Benzin ishlab chiqarish 18 foizga oshdi

    Energetika 25 May 2020 3458

    Davlat statistika qo'mitasi xabar berishicha, O'zbekistonda 2020 yilning yanvar`-aprel` oylarida 365,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo'lib, bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshganligini ko'rsatadi.

    Joriy yilning shu vaqti mobaynida 2019 yilning yanvar`-aprel` oylariga nisbatan 6, 4 foizga ko'p, ya'ni 363,4 tonna dizel` yonilg'isi ishlab chiqarilgan. Mamlakatimizda neft` qazib olish darajasi avvalgi holatda — 232,6 tonna saqlab qolingan.

    Rauf Nurullaev