Davlat statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga koʻra, respublikamizda jami 729,4 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,1 foizga oshgan.

2021-yilning 8 oyida Oʻzbekistonga qiymati 100 million AQSH dollariga teng boʻlgan 281,6 million litr avtomobil benzinini import qilingan.

Avtomobil benzini importi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,2 barobarga oshgan.